“Doctors community cup – Tashkent – 2019” xalqaro turniriga qurʼa tashlandi

10:49 26 Mart 2019 Jamiyat
466 0

Foto: Hasan Paydoyev, "Xalq so'zi"

Avval xabar qilganimizdek, Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tashabbusi bilan joriy yilning 25 – 30 mart kunlari Toshkent shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi va Ukraina shifokorlarining futbol jamoalari ishtirokida “Doctors Community Cup – Tashkent – 2019” xalqaro turniri boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi xabar berdi

Shunga koʻra, 25 mart kuni musobaqaning tantanali ochilish va qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi. Qurʼa natijalariga koʻra, 1-guruhda Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston hamda 2-guruhda Qozogʻiston, Belarus va Ukraina davlatlari shifokorlaridan iborat terma jamoalar oʻrin oldi. Oʻyinlar ertaga, 26 martdan boshlanadi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu xalqaro turnir doirasida “Tibbiyot va sportda innovatsiyalar” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar ham oʻtkazilishi va unda tibbiyotning dolzarb masalalari boʻyicha shifokorlarning oʻzaro tajriba va fikr almashishi koʻzda tutilgan. Shuningdek, mehmon jamoalarning Samarqand shahriga sayohatini tashkil qilish orqali ularga yurtimizning turistik salohiyati va imkoniyatlarini keng namoyish qilish rejalashtirilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?