Dmitriy Medvedev Oʻzbekistonga keladi

14:58 27 May 2019 Jamiyat
245 0

RF bosh vaziri Dmitriy Medvedev Oʻzbekiston va Rossiya hukumat rahbarlari darajasidagi Qoʻshma komissiyaning 30-may kuni Toshkentda boʻlib oʻtadigan birinchi yigʻilishida ishtirok etadi. Bu haqda RF hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

Unda qayd etilishicha, Dmitriy Medvedev hamda Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Rossiya va Oʻzbekiston hukumat rahbarlari darajasidagi Qoʻshma komissiyaning birinchi yigʻilishini oʻtkazadi.

Rossiya hukumati rahbarining Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvi ham rejalashtirilgan.

Muzokaralar chogʻida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilm-fan, taʼlim va madaniy-gumanitar sohalardagi oʻzaro aloqalarga oid dolzarb masalalar muhokama qilinadi.

Bundan tashqari, energetika va sanoat, transport, yuqori texnologiyalar hamda qishloq xoʻjaligi sohalaridagi yirik qoʻshma loyihalar koʻrib chiqiladi.

Tashrif doirasida turli jabhalarda oʻzaro hamkorlik qilishga oid qoʻshma hujjatlar imzolash uchun tayyorlanmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?