Dmitriy Medvedev boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekistonga keladi

10:10 29 May 2019 Siyosat
347 0

Arxiv foto

Rossiya hukumati rahbari Oʻzbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2019-yilning 29-30-may kunlari Rossiya Federatsiyasi Hukumati rahbari Dmitriy Medvedev boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekistonga tashrif buyuradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qiladi.

Tashrif doirasida Urganch shahrida Hukumat rahbarlari darajasidagi Oʻzbekiston-Rossiya Qoʻshma komissiyasining birinchi yigʻilishini oʻtkazish rejalashtirilgan. Mazkur tadbir ikki tomonlama hamkorlikning yangi shakli boʻlib, unga 2018-yil oktabr oyida Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning davlat tashrifi va oliy darajadagi muzokalar davomida asos solingan.

Ikki mamlakat hukumatlari rahbarlari tomonidan Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyasining 24-aprelda boʻlib oʻtgan yigirmanchi yigʻilishi yakunlari sarhisob qilinadi va savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlari va ularning tarkibini amaliy jihatdan boyitish masalalari muhokama qilinadi.

Rossiya delegatsiya rahbari Xiva shahriga ham tashrif buyuradi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?