DXXning Yunusobod tumani Sayilgoh koʻchasida joylashgan “Sobiq markaziy bino hududi” sotuvga qoʻyildi

12:40 28 Oktyabr 2020 Iqtisodiyot
232 0

“Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoniga muvofiq bir qator davlat obyektlarini “nol” xarid qiymatida sotish amaliyoti bekor qilinadi hamda davlat mulkini sotishda investitsiya hamda ijtimoiy majburiyatlar asosida “1 soʻm” boshlangʻich qiymatda ommaviy savdolarga chiqariladi.

Davlat unitar korxonalari xoʻjalik jamiyatlariga oʻzgartirilgan holda ularning davlat aksiya paketi (ulushi) sotiladi.

Shuningdek, davlat aktivlarini sotib oluvchilar toʻlovlarni boʻlib-boʻlib toʻlash sharti asosida amalga oshirishi mumkin.

Farmonning 5-ilovasi bilan xususiy sektorga sotiladigan davlat koʻchmas mulki obyektlari roʻyxati tasdiqlangan.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rasmiy saytiga joylangan maʼlumotga koʻra, mazkur roʻyxatda Toshkent shahrining Sayilgoh koʻchasida joylashgan, Davlat xavfsizlik xizmatining 20 219 kv.m. maydonga ega sobiq markaziy binosi ham kiritilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?