DXX tomonidan juda katta miqdordagi xorijiy valyutalarning mamlakatimizdan noqonuniy olib chiqib ketilishining oldi olindi

14:22 07 Fevral 2020 Jamiyat
422 0

DXX Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari va DXX Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida katta miqdordagi valyutaning noqonuniy tarzda qoʻshni davlatga olib chiqilishiga chek qoʻyildi. Jumladan, 1989-yil Andijon viloyati Qorasuv shahrida tugʻilgan Sh.B. tomonidan davlat chegaralarini buzgan holda 200 ming AQSH dollari hamda 4,1 mln. Rossiya rublini Qirgʻizistonga olib chiqilishining oldi olindi.

Shuningdek, DXX Namangan viloyati boshqarmasi xodimlari va DXX Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari tomonidan Kosonsoy tumanining chegaraoldi hudud hisoblangan “Xonqoʻrgʻon” mahallasida 1996-yilda tugʻilgan mahalliy fuqaro A.E. tomonidan 119 960 AQSH dollarini Qirgʻizistonga noqonuniy olib chiqilishiga chek qoʻyildi.

Maʼlum qilinishicha, toʻxtatib qolingan xorijiy valyutalarning milliy valyutadagi umumiy qiymati 3,6 mlrd soʻmni tashkil etadi. Hozirda ushbu holatlar boʻyicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?