DXX va IIB xodimlari tomonidan neft mahsulotlarini talon-taroj qilib kelgan uyushgan guruh qoʻlga olindi

14:13 22 Avgust 2019 Jamiyat
94 0

2019-yil 16-avgust kuni “Gazlineftgazishlabchiqarish” MCHJning Qorakoʻl tuman IIBga murojaat qildi. Unda 15-avgust kuni ushbu MCHJ ga qarashli “Qulbeshkak” gazni kompleks tayyorlash qurilmasi joylashgan choʻl massividan oʻtgan diametri 325 mm boʻlgan gaz quvuridan 8.833 tonna gazokondensat mahsuloti oʻgʻirlanganligi bildirilgan.

DXX viloyat boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Qorakoʻl tumanida yashovchi fuqarolar B.S va uning 3 nafar jinoiy sheriklari ushbu quvurni yashirin tarzda teshib, hosil qilingan teshikka qoʻlbola xamut oʻrnatib, 100 metr uzunlikdagi rezina shlang yordamida quvurdan 100 metr uzoqlikda gazokondensat mahsulotini jamlash va tindirish uchun oʻzlari tomonidan qazilib, maxsus tashkil qilingan, hovuzga quvurdan oʻgʻirlangan 2.600 litr gazokondensat mahsulotini tindirish maqsadida jamlab turgan vaqtlarida ushlangan. Bu haqda Buxoro IIB xabar berdi.

Holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi “g” bandiga asosan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?