DXX soxta pasport bilan Oʻzbekistonga kirmoqchi boʻlgan Tojikiston fuqarosini qoʻlga oldi

14:15 06 Dekabr 2019 Jamiyat
430 0

DXX soxta pasport bilan Oʻzbekistonga kirmoqchi boʻlgan Tojikiston fuqarosini qoʻlga oldi.

DXX Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari shu yilning 2-dekabr kuni yurtimizga Fargʻona viloyati “Ravot” avtoyoʻl oʻtkazish punkti orqali soxta pasport bilan kirmoqchi boʻlgan tojikistonlikni qoʻlga oldi.

Maʼlum boʻlishicha, Tojikistonning Soʻgʻd viloyatida 1992-yilda tugʻilgan X.B. 1994-yilda tugʻilgan Tojikiston fuqarosi X.P.ning pasporti bilan Oʻzbekistonga kirmoqchi boʻlgan. Tezkor tadbir natijasida u qoʻlga olingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?