DXX sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev va uning sheriklariga jazo belgilandi

Bugun, 2019-yil 27-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmatining (DXX) sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev va u tomonidan tashkil etilgan jinoiy uyushma aʼzolariga nisbatan ayblov hukmi eʼlon qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.
Ikki oydan ortiq davom etgan yopiq sud majlisida sudlanuvchilarning, uch yuzdan ortiq jabrlanuvchi va guvohlarning koʻrsatmalari tinglanib tahlil qilindi, dastlabki tergov organi tomonidan toʻplangan dalillarga baho berilib, sudlanuvchilarning vajlari tekshirildi.
Natijada, Ixtiyor Abdullayev jinoiy uyushma tashkil etib, mansab vakolatini suiisteʼmol qilib, uyushgan guruh va jinoiy uyushma manfaatlarini koʻzlab, juda koʻp miqdorda pora olish, Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitimlar tuzish, tovlamachilik, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilish, bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish va shu kabi bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, jinoyatlar majmui tariqasida 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi.
Shuningdek, sudning hukmi bilan: DXX raisining sobiq oʻrinbosari Jahongir Igamov 16 yil, DXX raisining sobiq maslahatchisi Alisher Ishanxodjayev 17 yil, Toshkent shahar prokurorining sobiq oʻrinbosari Yorkin Abdullayev 14 yil, Adliya vazirligi Kadrlar bilan ishlash boshqarmasi boshligʻining sobiq oʻrinbosari Yusufboy Xodjayev 8 yil, Bosh prokurorning sobiq oʻrinbosari Gʻayrat Xidoyatov 5 yil, Oliy sud raisining sobiq oʻrinbosari Baxodir Dehqonov 5 yil, Namangan viloyatining sobiq prokurori Ulugʻbek Toshev 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, har biri muayyan muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bogʻliq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilindilar.
Qolgan 15 nafar sudlanuvchilarga ham sodir etilgan jinoyatlarning ogʻirlilik va ijtimoiy xavflilik darajasi hamda ularning jinoyatlardagi ishtirokidan kelib chiqib, jazolar tayinlandi.
Bundan tashqari, sud tomonidan jinoyatlar oqibatida davlat, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlariga yetkazilgan moddiy zararlarni qoplashga qaratilgan tegishli choralar belgilandi.
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida
- Mushtariylar uchun ajoyib yangilik!
- 2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida
- Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida
- Shavkat Mirziyoyev sovet davrida isyonchilarga “keskin zarba berganlardan” biri boʻlgan
- Rasmiy bayonot: Gulnora Karimovaga yangi ayblov qoʻyildi
Muhokama qilingan
- Moliya vaziri: “Oldin AQSH dollarini 4000 soʻmdan ham ololmaganmiz, Oloy bozoridagi qora bozordan 8000-8500 ming soʻmdan olganmiz”
- Qoʻyliq bozoridagi yongʻin boʻyicha rasmiy maʼlumot berildi
- Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
- Fargʻonadagi mahallada fuqarolar qurt bosgan suv isteʼmol qilmoqda
- 2 nafar IIV xodimi 500 dollar pora bilan qoʻlga tushdi
Afisha
Yuqoridagi suratda buning uchun nima qilish lozimligini tomosha qilishingiz mumkin.
09 Dekabr 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: