DXX raisi Abdusalom Azizov OʻFA prezidenti etib saylandi

16:47 15 Iyul 2019 Siyosat
628 0

Bugun, 15-iyul kuni Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdan tashqari Konferensiyasi boʻlib oʻtdi.

Konferensiya kun tartibidan OʻFA prezidenti, Vitse-prezidentlar va Ijroiya qoʻmitasi aʼzolarini saylash masalalari oʻrin olgan edi.

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining prezidenti Ramatov Achilbay Jumaniyazovich oʻz xohishlari bilan OʻFA prezidentligidan isteʼfoga chiqish toʻgʻrisida ariza berganligi munosabati bilan, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi ustavining 41-moddasiga asosan OʻFA oʻz rasmiy veb-saytida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Prezidenti lavozimiga Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi aʼzolaridan nomzodlarini ilgari surish soʻralgan edi.

Shu kunga qadar Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga Toshkent shahar futbol assotsiatsiyasi tomonidan nomzod sifatida Azizov Abdusalom Abdumavlonovich taklif etildi va konferensiyada Azizov Abdusalom Abdumavlonovich bir ovozdan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga saylandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?