DXX organlari boʻlinmalari shaxsiy tarkibi ovqatlanishi qanday tashkil etiladi?

04:25 09 Aprel 2019 Jamiyat
558 0

Illyustrativ foto

Hukumat qarori bilan Davlat xavfsizlik xizmati organlari va boʻlinmalari shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etish boʻyicha autsorsing xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi (2019 yil 6 aprel, 282-son). Bu haqda Adliya vazirligining “Telegramm” ijtimoiy tarmogʻidagi “Huquqiy axborot” kanalida maʼlum qilindi.

Nizomga muvofiq, autsorserlar hokimliklar tomonidan tanlab olinadi. Autsorserlar bilan shaxsiy tarkibning statsionar va dala sharoitlarida ovqatlanishini tashkil qilish boʻyicha shartnomalar bir yilga tuziladi.

Sifatini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, davlat standartlariga va texnik shartlarga javob bermaydigan oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. Taomlar tarqatilishidan oldin vrach va navbatchi ularning sifatini tekshiradi.

Oziq-ovqat yoʻnalishidagi obyektlar va oshxona uchun moddiy-texnika vositalari autsorserga “nol” qiymatida vaqtincha foydalanishga beriladi. 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?