DXX Markaziy devonida «Tilga eʼtibor-mustaqillikka eʼtibor» shiori ostida maʼnaviy-madaniy tadbirda tashkil etildi

10:45 22 Oktyabr 2020 Jamiyat
131 0

Til — millat tafakkurining bebaho xazinasi, ulkan boyligi sifatida ijtimoiy hayotda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois mamlakatimizda ona tilimiz, ayniqsa, soʻnggi uch yilda mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega boʻldi. Hozirgi kunda oʻzbek tili hayotimizning barcha jabhalarida - davlat va jamiyat boshqaruvi, davlatlararo munosabatlar, ilm-fan, taʼlim-tarbiya, tibbiyot, madaniyat va sanʼat sohalarida faol qoʻllanilmoqda, xalqaro minbarlardan baralla yangramoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Markaziy devonida tashkil etilgan “Tilga eʼtibor-mustaqillikka eʼtibor” shiori ostidagi maʼnaviy-madaniy tadbirda ayni jihatlarga urgʻu berildi. Unda taniqli shoir, yozuvchi, aktyorlar hamda DXX Chegara qoʻshinlarining “Sarhad” guruhi qatnashdi. Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan til – millatning ruhi ekanligiga eʼtibor qaratilib, ona tili har bir davlatning madhiyasi, bayrogʻi va gerbi kabi mamlakat mustaqilligini belgilovchi mezonlardan biri ekani qayd etildi. Ishtirokchilar tomonidan ona tilimizni ulugʻlovchi sheʼrlar va gʻazallar oʻqildi.

Bayram davomida DXX ansambli xonandalari tomonidan kuylangan oʻzbek tilini ulugʻlovchi taronalar ishtirokchilarga koʻtarinki kayfiyat baxsh etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?