DXX Fargʻonadan olib chiqilayotgan qariyb 500 ming dollarni ushlab qoldi

21:19 22 Fevral 2020 Jamiyat
309 0

Foto: www.google.com

DXX Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari yirik miqdordagi chet el valyutasini mamlakatimiz hududidan olib chiqib ketilishining oldini olishdi.

Joriy yilning 9-fevral kuni Fargʻona viloyati Quvasoy tumanidagi chegaraoldi hududida oʻtkazilgan tezkor tadbir natijasida mamlakatimizdan qoʻshni davlatga noqonuniy ravishda olib chiqishga uringan jami 499 366 AQSH dollari miqdordagi chet el valyutasi toʻxtatib qolindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?