DXX chegara qoʻshinlari tomonidan tovar-moddiy boyliklarning yirik partiyasi toʻxtatib qolindi

10:39 20 Mart 2019 Jamiyat
341 0

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmatining chegara qoʻshinlari vakillari umumiy miqdori 90 million soʻmga teng “ondatra” terisining yirik partiyasini davlatimiz chegarasidan noqonuniy olib oʻtilishiga urinishga chek qoʻydi, deya xabar bermoqda OʻzA.

Joriy yilning 10 mart kuni davlat chegarasidagi “Zangiota-avtomobil yoʻl” nazorat-oʻtish punktida ikki nafar Oʻzbekiston fuqarosi qoʻlga olindi. Ularning qoʻllarida ikkita chemodan yuk boʻlgan. Qoʻlga olinganlarning yuklari tekshirilganda, qonunbuzarlar davlat chegarasidan noqonuniy ravishda olib oʻtmoqchi boʻlgan 1505 ta presslangan “Ondatra” terisi borligi aniqlangan.

Qoʻlga olingan tovar va shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida chora koʻrildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?