DXX Chegara qoʻshinlari harbiylariga uylar topshirildi

13:39 18 Sentyabr 2019 Jamiyat
101 0

Nukusda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari harbiy xodimlariga yangi turar joylar topshirildi.

Shahar markazida bunyod etilgan ushbu 48 xonadonli zamonaviy uyda barcha sharoitlar yaratilgan. Xususan, bolalar maydonchasi, soyabonli dam olish oʻrni, doʻkon va boshqa zarur obyektlar mavjud.

-Biz, harbiylarga yaratilgan bunday qulayliklar uchun avvalo Prezidentimizdan, qolaversa uyni bunyod etgan “Investstroy Nukus” masʼuliyati cheklangan jamiyati quruvchilaridan minnatdormiz,-deydi yangi uy sohibi, serjant Rahim Umarov.-Bu zimmamizdagi vazifalarni sidqidildan va vijdonan bajarishimizda yanada katta masʼuliyat yuklaydi.

Hidoyat AHMEDOV(“Xalq soʻzi”)


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?