DXX Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari kontrafakt mahsulotlarning yirik partiyasi kontrabandasiga chek qoʻyishdi

18:01 04 Yanvar 2020 Jamiyat
424 0

DXX Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari 2019-yilning 30-dekabr kuni Fargʻona viloyatida umumiy qiymati 430 mln. soʻmga teng boʻlgan biologik aktiv qoʻshilmalarning yirik partiyasini mamlakatimizga noqonuniy yoʻllar bilan kirib kelishining oldini olishdi.

Shuningdek, 29-dekabr kuni Fargʻona, Andijon va Namangan viloyati chegaroldi hududlarida 150 mln. soʻmga teng boʻlgan pirotexnika vositalarini davlat chegaralaridan noqonuniy yoʻllar bilan olib oʻtilishiga chek qoʻyildi. Shu kunning oʻzida mamlakatimiz hududidan noqonuniy tarzda olib chiqib ketishga urinilgan 20 ming AQSH dollari miqdordagi pul mablagʻi aniqlandi.

Bundan tashqari, Andijon viloyatining chegaraoldi hududida umumiy qiymati 580 million soʻmga teng boʻlgan turli xildagi sifati shubhali dori mahsulotlari qoʻlga olindi. Hozirda ushbu holatlar boʻyicha tegishli idoralar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?