DXX Andijonda 2,1 mln. AQSH dollari olib ketilayotgan avtomobilni toʻxtatib qoldi

17:39 11 Aprel 2019 Jamiyat
351 0

Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan mamlakatimiz hududidan 2,116 mln. AQSH dollarini noqonuniy yoʻl bilan olib chiqib ketilishiga chek qoʻyildi. Bu haqda DXX Chegara qoʻshinlari matbuot xizmati xabar berdi.

Xoʻjaobod tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbir chogʻida Andijondan Qorasuv tomon harakatlanayotgan Nexia rusumidagi avtomobil toʻxtatilib, koʻzdan kechirilgan. Natijada 30 litr sigʻimdagi plastmassa idish va 2 ta sellofan paketga joylashtirilgan valyuta ushbu avtomobilga yashirilgani aniqlandi.

Maʼlum boʻlishicha, Shahrixon tumanida yashovchi shaxs olgan pul mablagʻlari Toshkentdan berib yuborilgan. Ushbu valyuta bojxona nazoratidan oʻtib borib, Qirgʻizistonga yetkazilishi kerak edi.

DXX boshqarmasi ushbu holat boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatgan va unga aloqador shaxslarni aniqlash boʻyicha choralar koʻryapti.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?