DXX 400 ming dollar va 4,1 mln. rublni xorijga noqonuniy olib chiqib ketilishiga chek qoʻydi

12:25 05 Fevral 2020 Jamiyat
488 0

DXX Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari va Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida katta miqdordagi valyuta qimmatliklarining noqonuniy tarzda qoʻshni davlatga olib chiqilishiga chek qoʻyildi.

Jumladan, 1989-yil Andijon viloyati Qorasuv shahrida tugʻilgan “Sh.B.” tomonidan davlat chegaralarini buzgan holda 200 ming AQSH dollari hamda 4,1 mln. Rossiya rublini Qirgʻiziston Respublikasiga olib chiqilishining oldi olindi.

Shuningdek, DXX Namangan viloyati boshqarmasi xodimlari va Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari tomonidan Kosonsoy tumanining chegaraoldi hudud hisoblangan “Xonqoʻrgʻon” mahallasida 1996-yilda tugʻilgan mahalliy fuqaro “A.E.” tomonidan 119 ming 960 AQSH dollarini Qirgʻizistonga noqonuniy olib chiqilishiga chek qoʻyildi.

Toʻxtatib qolingan xorijiy valyutalarning milliy valyutadagi umumiy qiymati 3,6 mlrd soʻmdan ziyodni tashkil etadi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan DXX tergov idoralari tomonidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga muvofiq jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?