DXA investorlarga sifatli maslahat berishga tayyor

Foto: “Xalq soʻzi Online”
Davlat xizmatlari agentligida Turkiya Respublikasi elchixonasining savdo va iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchisi Abdulloh Yavuz Turker bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Abdulloh Yavuz Turkerning soʻzlariga koʻra, turk tadbirkorlari Oʻzbekiston investitsion imkoniyatlari, mavjud imtiyozlar mexanizmiga juda katta qiziqish bildirmoqda. Turk investorlarini jalb etish va ularga qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish maqsadida turk tomoni Davlat xizmatlari agentligi maslahat xizmatlarini koʻrsatishiga qiziqish bildirdi.
Elchixona maslahatchisi taʼkidlashicha, u Davlat xizmatlari agentligini turk investorlarini qonunchilikdagi soʻnggi yangiliklar haqida xabardor qilishga yordam beruvchi hamda investorlar va Oʻzbekistondagi vazirlik, idoralarni bogʻlovchi muhim boʻgʻin sifatida koʻradi.
Oʻz navbatida, Agentlik direktori Xalilillo Toʻraxoʻjayev turk tomonini tashkilot faoliyati hamda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirdi. Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish, ularga litsenziya berish, shuningdek, Davlat xizmatlari markazlari orqali biznes vakillariga taqdim etiladigan boshqa xizmatlar boʻyicha batafsil maʼlumot berdi.
Davlat xizmatlari agentligi xodimlari turkiyalik investorlarga barcha masalalar boʻyicha vakolat doirasida keng koʻlamli koʻmak koʻrsatishga tayyor. Masʼul xodimlar tomonidan esa biznes jarayonlarini yanada osonlashtirish va sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida maʼlumot berish maqsadida, ular uchun davra suhbatlari va seminarlar tashkil etiladi.
Konstruktiv muloqot natijasida tomonlar yaqin va uzoq muddatli hamkorlikni amalga oshirish niyatlarini bildirdi. Davlat xizmatlari agentligi vakillari turkiyalik investorlarni Agentlik vakolatiga kiradigan boshqa masalalar boʻyicha maslahat yordamini va koʻmagini berishga tayyor ekanligini bildirishdi.
Ko‘p o‘qilganlar
- Uzoq tanaffusdan soʻng Ismoil Joʻrabekovdan eksklyuziv intervyu
- Oʻzbekistonlik mashhur bokschi qonidan doping topilgan
- Ixtiyor Abdullayev DXX rahbarligidan ketdi, oʻrniga Abdusalom Azizov tayinlandi
- GM Uzbekistan nomi oʻzgaradi
- Oʻzbekistonda Captiva oʻrniga ikki turdagi yangi avtomobillar ishlab chiqariladi
- Samarqandlik tadbirkor ot federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi
Muhokama qilingan
- RAVON ketma-ket uchinchi oy ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmadi
- Davlat soliq qo‘mitasi ishga taklif etadi
- Oʻzbekiston va Misr hamkorligiga oid 12ta hujjat imzolandi
- Osiyo oʻyinlari qahramonlari tantanali ravishda kutib olindi (fotojamlanma)
- Test sinovlari: imtihondagi g‘aroyib qalloblik fosh bo‘ldi
Afisha
Yodingizda boʻlsa, Prezidentimiz joriy yil 11 yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman va shahar faollari murojaatlarini tinglar ekan, ular koʻtargan muammoli masalalarni qisqa muddatda hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar bergan edi.
05 Fevral 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: