Dizel yonilgʻisining noqonuniy aylanmasi fosh etildi

11:11 15 Avgust 2019 Jamiyat
191 0

Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar hamda “Oʻzneftgazinspeksiya” hududiy boʻlimi vakillari bilan hamkorlikda dizel yonilgʻisining noqonuniy savdosiga qarshi tezkor tadbir oʻtkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbir davomida “Margʻilon-Andijon” yoʻnalishida harakatlanayotgan fuqaro I.B. boshqaruvida boʻlgan “Gaz-5327” rusumli transport vositasi belgilangan tartibda toʻxtatilib, xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi.

Natijada, avtomashina sisternasida tegishli hujjatlari boʻlmagan, qiymati 20 mln. soʻmlik jami 5000 litr miqdordagi dizel yonilgʻisi borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?