Diyorbek Oʻrozboyev Oʻzbekiston terma jamoasi hisobiga yana bir oltin medalni taqdim etdi

15:41 29 Avgust 2018 Sport
378 0

Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida boʻlib oʻtayotgan Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston dzyudo terma jamoasi ilk medalini qoʻlga kiritdi.

Musobaqada -60 kg vazn toifasida ishtirok etgan Diyorbek Oʻrozboyev yaponiyalik Toru Shishimega qarshi gʻoliblik uchun jangga kirishdi. Murosasiz kechgan bahsda asosiy vaqtda durang natija qayd etildi. Shundan soʻng sportchilar oltin ochko uchun kurashishdi. Yakunda Diyorbek Oʻrozboyev gʻalaba qozonib, Osiyo oʻyinlari oltin medalini qoʻlga kiritdi.

Mazkur oltin medal Oʻzbekiston uchun musobaqadagi 10-chisi boʻldi. Natijada terma jamoamiz umumiy reytingda sakkizinchi oʻringa koʻtarilib oldi. Ayni vaqtda Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobida 10ta oltin, 15ta kumush, 14ta bronza medallari mavjud.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?