“Disney” kompaniyasining sof foydasi 91 foizga kamayib ketdi

22:04 07 May 2020 Iqtisodiyot
376 0

“The Walt Disney Company” Amerika kompaniyasining sof foydasi ikkinchi chorakda oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 91 foizga kamaydi.

Seshanba kuni eʼlon qilingan kompaniyaning choraklik moliyaviy hisobotlari buni tasdiqlaydi.

Taqdim etilgan maʼlumotlarga koʻra, joriy moliya yilining 28-martida yakunlangan ikkinchi choragida kompaniyaning sof foydasi 475 million dollarni tashkil etdi, shu bilan birga kompaniyaning daromadi 21 foizga oʻsib, 18 milliard dollarni qayd etdi. Ammo oʻtgan yili kompaniyaning shu davrdagi sof foydasi 5,4 milliard dollardan koʻproq, daromadi esa 14,9 milliarddan oshgandi.

CNN nashri xabariga koʻra, kompaniya daromad darajasining keskin pasayishi AQSHda va dunyoda yangi koronavirus tarqalishining salbiy taʼsiri bilan bogʻliq. Xastalik fonida kompaniya barcha istirohat bogʻlari faoliyati, shuningdek, yangi filmlar va telekoʻrsatuvlarni suratga olishni toʻxtatishga majbur boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?