“Diplomatik xizmat toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqiladi

15:55 04 Yanvar 2019 Siyosat
445 0

Illyustrativ foto

“Diplomatik xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasini ishlab chiqish nazarda tutilmoqda. Bu 2017–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida oʻz ifodasini topgan.

“Diplomatik xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasida:

diplomatik xizmatning huquqiy asoslari, uning vazifasi va funksiyalari;

diplomatik xizmat turlari va ularni amalga oshirish tartibi;

diplomatik xizmat koʻrsatuvchi shaxslar maqomi, xorijiy hamkorlar bilan ishlash mexanizmi nazarda tutiladi.

Tashqi ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi va boshqa mutasaddi vazirlik hamda idoralar 2019 yil 1 aprelga qadar qonun loyihasini ishlab chiqadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?