«Dino va Zavr» nomli multserial yaratiladi

09:42 13 Oktyabr 2020 Madaniyat
149 0

"Oʻzbekkino“ Milliy agentligi buyurtmasiga binoan ”Futurist MG« studiyasi tomonidan "Dino va Zavr" nomli animatsion serial ustida ish boshlandi.

Ushbu multfilmda “korrupsiya” bosh mavzu qilib olingan boʻlib, voqealar rivoji keksa boboning tilidan hikoya qilinadi. Asosiy qahramonlar esa dinozavrlar oilasiga mansub Dino va Zavr ismli personajlar. Qahramonlardan biri Dino animatsion serial davomida poraxoʻr rolida gavdalanadi. «Dino va Zavr» multserialining har bir qismi kichik tomoshabin uchun ibrat boʻla oladigan yakun bilan tugallanadi.

Multserial 10 qismdan iborat boʻlib, 3-10 yoshli bolalar auditoriyasiga moʻljallangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?