“Dinamo Kiyev” Maksim Shaskix va boshqa murabbiylarni ishdan boʻshatdi

11:04 16 Avgust 2019 Sport
111 0

Kiyevning “Dinamo” klubi bosh murabbiyi Aleksandr Xaskevich isteʼfoga chiqarildi.Klubni Xaskevichning murabbiylar shtabi ham tark etdi. Bu haqda Olamsport xabar berdi.

Belaruslik mutaxassisning murabbiylar shtabida oʻzbekistonlik Maksim Shaskix, shuningdek, Oleg Lujniy va Mixail Mixailov bor edi. Ushbu shtab 2017-yilning 2-iyun kunidan buyon “Dinamo”da ishlayotgandi.

Bugun Kiyev klubi rasmiy sayti Aleksey Mixaylichenko bosh murabbiy etib tayinlangani haqida xabar berdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?