Din ishlari boʻyicha qoʻmita: yurtimiz hududida diniy manbalar, qadriyatlar, muqaddas tuygʻular hurmat qilinishi shart

17:40 11 Mart 2019 Jamiyat
258 0

Illyustrativ foto

Internet, ijtimoiy tarmoqlar biz yashayotgan asrni olamshumul va tasavvurga sigʻmaydigan qiyofada namoyon etmoqda. Bugungi kunga kelib bir insonning qarashlari jamiyatning boshqa aʼzolariga va hattoki, butun jamiyatga taʼsir etmay qolmayapti.

Avvalo shuni qayd etish lozimki, Oʻzbekiston fuqarosi (u kim boʻlishidan qatʼi nazar) Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishi, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdir.

Diniy taʼlimot oʻta nozik va hassos boʻlgani tufayli muayyan din nomidan va uning mohiyati haqida faqatgina mutaxassislar munosabat bildirishlari maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.

Yurtimiz hududida diniy manbalar, qadriyatlar, muqaddas tuygʻular hurmat qilinishi shart. Ularga nisbatan haqoratli soʻz ishlatish, yomon munosabatda boʻlishga hech kimning haqqi yoʻq.

Oʻzbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Qonunida fuqarolarning diniy eʼtiqodi bilan bogʻliq his-tuygʻularini haqoratlash, diniy qadriyatlarni oyoq osti qilish qonunda belgilangan javobgarlikni keltirib chiqarishi keltirib oʻtilgan.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita.

Manba: OʻzA.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?