Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi oʻrinbosari tayinlandi

11:54 09 Sentyabr 2019 Jamiyat
54 0

Dilbar Muxamedxanovna Gʻulomova Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining oʻrinbosari etib tayinlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita har bir shaxsning vijdon va diniy eʼtiqod erkinligi huquqi, fuqarolarning dinga boʻlgan munosabatidan qatʼi nazar tengligini taʼminlash, shuningdek diniy tashkilotlar faoliyati bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vazifalarni hal etish vakolati berilgan davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?