Dilorom Toshmuhamedova doimiy asosda ishlovchi senator boʻladi

18:50 14 Fevral 2020 Siyosat
136 0

Fotо: adolat.uz

Dilorom Toshmuhamedova doimiy asosda ishlovchi senator boʻladi2018-yil 11-sentyabrdan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori sifatida ishlab kelgan Dilorom Toshmuhamedova Vazirlar Mahkamasining 14-fevraldagi qaroriga muvofiq, boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda Oʻzbekiston “Adolat” SDP Matbuot xizmati xabar berdi.

Dilorom Toshmuhamedova bundan buyon doimiy asosda ishlovchi senator sifatida Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari sifatida faoliyatini davom ettirishi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Dilorom Toshmuhamedova 2001-2004-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, 2005-2008-yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston “Adolat” SDP fraksiyasi rahbari, Oʻzbekiston “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi Birinchi kotibi sifatida faoliyat yuritgan. 2008-2014-yillarda Qonunchilik palatasi Spikeri sifatida faoliyat olib borgan.

Bundan tashqari, Dilorom Toshmuhamedova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligi nomzodi koʻrsatilgan yagona ayol nomzod hisoblanadi.

Dilorom Toshmuhamedova 2019-yilda boʻlib oʻtgan saylovlarda Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tomonidan nomzodi koʻrsatilgan va Toshkent shahar kengashi deputati etib saylanadi. 2020-yil 17-yanvar kuni boʻlib oʻtgan Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashi deputatlarining qoʻshma majlisida senator etib tayinlangan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?