Diyego Maradona oʻziga yangi jamoa topdi

11:11 07 Sentyabr 2018 Sport
183 0
Foto: Twitter / Dorados

Argentinalik sobiq futbol yulduzi Diyego Maradona Meksikaning “Dorados” klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Bu haqda klub rasmiy tvitteri xabar tarqatdi.

Qayd qilinishicha, argentinalik mutaxassis bu oʻringa isteʼfoga chiqarilgan Fransisko Gamesning oʻrniga tayinlangan. Ayni paytda “Dorados” klubi Meksika ikkinchi divizionida 6 turdan soʻng 3 ochko toʻplagan holda, 15 jamoa orasida 13-oʻrinni egallab turibdi.

Maʼlumot uchun, Maradona may oyidan buyon Belarusning “Dinamo Brest” klubi boshqaruv raisi sifatida ishlab kelmoqda. Uning “Dinamo”dan ketish-ketmasligi haqida maʼlumot berilmagan.

Eslatib oʻtamiz, soʻnggi marta Maradona bosh murabbiy sifatida BAAning “Al-Fujayra” klubini boshqarib borgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?