Dezinfeksion tunnellarga sarflangan mablagʻlar endi nima boʻladi?

14:40 18 Sentyabr 2020 Jamiyat
364 0

Dezinfeksion tunnellar samarasizmi, unga sarflangan mablagʻlar endi nima boʻladi?

Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi, respublika bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov javob berdi 

"Dezinfeksion tunnellar AQSH, Rossiya, Fransiya davlatlari singari koʻplab davlatlar qatorida Oʻzbekistonda ham uzoq muddat davomida qoʻllanib kelindi. 

Ushbu vosita havo, odamlar ustki kiyim-boshlari, kichkina gabaritli transportlarni dezinfeksiya qilish uchun moʻljallangan.  

Dezinfeksion tunnellarda viruslar, jumladan koronavirus va boshqa mikroorganizmlarni nobud qiladigan dezinfeksiya vositalari ishlatiladi. 

Respublika maxsus komissiya qaroriga koʻra hozirgi kunda binolar va boshqa obyektlarga kiraverishda dezinfeksion tunnellar oʻrnatish toʻxtatildi. Ushbu qaror Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tavsiyasiga koʻra qabul qilindi. 

Olimlar, virusologlar tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotlar asosida dezinfeksion tunnellari orqali dezinfeksiya oʻrtacha 5-30 sekundni tashkil etib, viruslarni inaktivatsiya qilish uchun bu vaqt yetarli emas degan xulosaga kelindi.

Hozir ham baʼzi davlatlarda xususan Italiya, Singapur, Malayziyada ham dezinfeksion tunnellardan foydalanishga ruxsat berilgan.

Koronavirus kasalligi tashxisi, davolash usullari va profilaktikasi qaratilgan tadbirlar takomillashib bormoqda.

Shu paytgacha JSSTning ham aniq takliflari yoʻq edi. Hatto koronavirus kasalligiga chalinganlarni davolash boʻyicha protokollar ham muntazam oʻzgarib bordi va Oʻzbekistonda shu kunga qadar 6 ta davolash protokoli amaliyotga kiritildi", deydi mutaxassis 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?