Devor oshib o'g'irlangan xo'rozning bahosi 50 million soʻm ekan

17:04 10 Sentyabr 2020 Jamiyat
140 0

Illyustrativ foto

Fargʻona viloyatining Uchkoʻprik tumani “Mergan” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi B. Sh. ichki ishlar organiga murojaat qilib, joriy yilning 7-sentyabr kuni soat 12.00 dan 17.00 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida nomaʼlum shaxs tovuqxonasiga kirganini, bitta xoʻrozini oʻgʻrilab ketganini bildirdi. Buni oʻqib, bitta xoʻrozga shuncha dod-voymi, dersiz. Zero bitta yoki koʻp, katta yoki kichik boʻladimi, oʻgʻrilik oʻz nomi bilan jinoyat. Gap shundaki, nomaʼlum shaxsning B. Sh. uyiga devor oshib oʻtish yoʻli orqali tushib, tovuqxonasidan oʻgʻirlab ketgan xoʻrozining bahosi 50 million soʻm ekan. Bu haqda Postda.uz manbasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, jabrlanuvchining murojaati asosida holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Ayni paytda ushbu jinoyatni sodir etgan nomaʼlum shaxsni aniqlash va ushlash choralari koʻrilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?