Deutsche Welle O‘zbekistonda OAVni rivojlantirish uchun 30 ming yevro ajratmoqchi

16:09 07 Avgust 2018 Jamiyat
229 0
Illyustrativ foto

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Bosh direktori L.Tangriyev 2018 yil 1 avgust kuni mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan “Deutsche Welle” Germaniya davlat xalqaro teleradiokompaniyasining Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha ta’lim loyihalari menejeri Lidiya Ranert hamda belaruslik trener Viktor Rudnikni qabul qildi.

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bilan yaqindan hamkorlik qilish maqsadida kelgan ushbu akademiya Andijon, Namangan, Urganch va Nukus shaharlarida bo‘lib respublikaning hududiy ommaviy axborot vositalari faoliyati bilan tanishdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Germaniyaning Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish federal vazirligi (“Deutsche Welle”ning moliyaviy manbasi) O‘zbekistonda OAVni rivojlantirish uchun 30 ming yevro mablag‘ yo‘naltirar ekan.

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Bosh direktori L.Tangriyev Agentlik faoliyati, uning tizimidagi korxona va muassasalar, ommaviy axborot vositalari, bugungi milliy media muhit haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Ma’lumot uchun, ayni kunda “Deutsche Welle” (Deutsche Welle –“Nemis to‘lqini”) xalqaro teleradiokompaniyasida uch ming nafarga yaqin kishi ishlaydi. Dunyoning 60 davlatida uning xodimlari bor.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?