Deputatlar kaltaklangan shifokor huzuriga bordilar

14:30 27 Fevral 2020 Jamiyat
341 0

Afsuski, soʻnggi oylarda ijtimoiy tarmoqlarda tibbiyot xodimlariga xizmat vazifasini koʻrsatayotgan holatlarda bemorlar va ularning qarindoshlari tomonidan ayblash, hatto ularga tajovuz qilish holatlari odatiy holga aylanib qoldi.

Oʻzbekiston “Adolat” SDP Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi aʼzolaridan iborat ishchi guruh Surxondaryo viloyatida tibbiyot muassasalarida boʻlib, u yerda vaziyat bilan yaqindan tanishib chiqdilar. Jumladan, Surxondaryo viloyati bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markaziga tashriflari jarayonida shu markazda faoliyat yuritayotgan hamshira Sabohat Boʻriyeva bilan ham suhbatlashildi. Hamshira oʻziga nisbatan sodir etilgan noxush voqea yuzasidan qonunda belgilangan tartibda amaliy yordam berilishini soʻradi.

S.Boʻriyeva uzoq vaqt davomida hamshiralik faoliyati shugʻullanayotganini, doimo bemorlarga xushmuomala, va oʻz vaqtida xizmat koʻrsatishga intilishi haqida soʻzlab berdi. U boʻlib oʻtgan voqeadan soʻng unga shikast yetkazgan fuqarolar tomonidan hattoki bir ogʻiz kechirim soʻralmaganini kuyunib gapirib berdi. S.Boʻriyeva shu kunga qadar kasbiy faoliyati davomida haqoratlarga chidash mumkinligi, lekin tibbiyot xodimlariga tan jarohati yetkazishni oldini olishni koʻzida yosh bilan iltimos qildi. Ahamiyatlisi mazkur ish boʻyicha, ichki ishlar organlari tomonidan biror bir amaliy ish qilinmaganini qayd etdi.

Oʻylaymizki, huquq-tartibot idoralari tomonidan oʻz vaqtida bunday holatlarga choralar koʻrilsa, bunday salbiy holatlarni kamayishiga olib keladi.

Oʻzbekiston “Adolat” SDP Oliy Majlis Qonunchilik palatasi ishchi guruh aʼzolari Abdugʻani Umirov, Maxfirat Xushvaqtova, Dilshod Xamzayev, Muhammadjon Valiyev yuqoridagi kabi holatlarni batafsil oʻrganib chiqib, huquq-targʻibot idoralarini mazkur ishga eʼtiborlarini qaratishini va adolat qaror topishi zarurligini taʼkidlab oʻtdilar.

Zeroki, Gippokrat qasamini ichib, oq xalat kiygan tibbiyot xodimi hamisha bemorga umid baxsh etishi, oʻz kasbini sevishi va doimo masʼuliyat bilan yondoshishidan jamiyatning barcha aʼzolari manfaatdor boʻladi.

“Adolat” SDP

Matbuot xizmati


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?