Deputat soʻrovi bilan koʻchalar yoritildi

17:44 12 Mart 2019 Jamiyat
340 0

Illyustrativ foto

Oqshom paytlari xonadonlarda yoki koʻchalarda chiroqlar bir zum yoniq turmasa qanday axvolga tushishimizni yaxshi bilamiz. Qolaversa, bunday holat koʻpgina noqulayliklarni ham keltirib chiqarishi bor gap.

Chunonchi, Baxt shahrida joylashgan markaziy koʻchalardan bir nechtasida elektr chiroqlari oʻrnatilmaganligi shu manzilda yashovchi aholi va qolaversa, ushbu yoʻllarda harakatlanuvchi har bir fuqaroni goʻyoki hayot nurlaridan bebahra etayotgandek edi. Ayniqsa, keksa kishilar va bolalar bundan koʻp aziyat chekishardi. Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashi deputati Salohiddin Elmurodov bu holatni koʻrib, xalqni ortiq kuttirib oʻtirmadi.

Darhol masalaga ijobiy yechim topish maqsadida viloyat hududiy “Elektr tarmoqlari” korxonasiga deputatlik soʻrovi yubordi. Koʻp oʻtmay deputatning bu soʻrovi ijobiy qoniqtirilib, “Ulugʻ yoʻl” va “Axmad Yassaviy” koʻchalariga zamonaviy yoritgichlar oʻrnatildi.

Koʻpchilik uchun naf keltiradigan bunday ishlar xalq qalbidan chuqur joy olmasdan qolmaydi.

Mehriniso BOBONAZAROVA, Sirdaryo viloyati.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?