Deputat qabulida 16 ta masala yechimini topdi

17:31 20 Avgust 2020 Jamiyat
183 0

Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashi deputati Olimxon Boboxonov karantin talablariga qatʼiy rioya qilgan holda fuqarolar bilan uchrashib, ular dardiga quloq tutdi. Kuni kecha deputat qabulxonasida tashkil etilgan muloqotda saylovchilardan 20 dan ortiq masala boʻyicha murojaat kelib tushdi. Shundan 16 tasi joyida hal etildi.

Masalan, Namangan shahrining Madaniy mahallasida joylashgan bir qator koʻchalarda kunduzi umuman toza ichimlik suvi kelmayotgani yuzasidan bildirilgan murojaat asosida shahar ichimlik suv taʼminot korxonasi bilan bogʻlanib, muammoga joyida yechim topildi.

Shuningdek, yashab turgan xonadonini kadastr qilishda yordam soʻragan ikki nafar fuqaro murojaati ham hal boʻldi. Ularning ariza va hujjatlariNamangan shahar yer tuzish va kadastr boʻlimiga taqdim qilindi. Bundan tashqari, davolanishda yordam soʻragan fuqaroning soʻroviga javoban deputat tomonidan moddiy koʻmak ajratildi.

Suvjuvoz koʻchasidagi eskirib, yaroqsiz holga kelgan elektr tayanchlari ham homiylik asosida yangilab beriladigan boʻldi.

Muloqotda bandlik masalasida yordam soʻragan fuqarolardan 10 nafari “Art Soft Tex” MCHJga ishga taklif etildi.

Qudratilla NAJMIDDINOV,
“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?