Deputat kontrakt oshishini keskin tanqid qilib chiqdi

10:14 11 Iyul 2018 Jamiyat
56747 2
Foto: Facebook / Akmal Umirzoqov

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Akmal Umirzoqov oliy ta’lim muassasalarida to‘lov kontrakt narxlarining ko‘tarilishiga munosabat bildirib o‘tdi.

“O‘zgargan kontrakt, Sendan bir o‘tinch, endi oshma. Oshsang shundoq ham 8%i talaba bo‘lgan 600000 yoshlar o‘qishga qiynaladi. Seni o‘zi kim belgilaydi, belgilashda qaysi mezonlar inobatga olinadi-a? Oshirishdan oldin Oliy Majlisniyam fikrini olmabsanda. Oliy Majlisni fikrini nima qizig‘i bor aslida. Bitta KabMin (Vazirlar Mahkamasi nazarda tutilmoqda — tahririyat) qarori qonundan ham ulug‘ku.

Bu ilm degani anqoni urug‘iyu, faqat saralanganlar tahsil oladimi? Maqsad puli borga tahsil olish imkonini berishmi?

O‘qimoqchimish, nima, dunyoni oberarmiding?!

O‘qigan anavi qo‘shnini bolasimi?! 3ta diplomi bor, ikkitasini dunyoni TOP-100 Universitetidan olgan. Hozir post yozib o‘tiribdi. Ungayam qiyin!”, deb yozgan deputat o‘zining Feysbukdagi sahifasida.

Скриншот: Facebook / Акмал Умирзоқов

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi jumlalarda deputat o‘zini nazarda tutmoqda, chunki Akmal Umirzoqov Toshkent davlat yuridik instituti, Glazgo universiteti va Yaponiyaning Sukuba universitetida tahsil olgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha Oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontraktlar miqdori oshishi xabar berilgandi. Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha to‘liq ro‘yxat ham berilgan.


Izohlar


Nodir Temirov

Bahodir Sattorov:

Imkonyati yetmaydigan yoshlar nima qiladi o'qishni tashlab salom Rossiya deydimi kontraktni oshirgancha talabani olgan reyting baliga qarab belgilansin shu kontrakt to'lovi. Bu mani shaxsiy fikrim

18:1512.07.2018

Nodir Temirov

Said Turdiyev (saidboyturdiyev@gmail.com):

Nodavlat institut va universitetlarni tashkil qilish kerakdir-a balki.

06:0419.07.2018