Deputat xususiy avtomobillar oynalarini qoraytirishni to‘liq taqiqlashni taklif qildi

19:25 18 Aprel 2018 Dunyo
1748 0
Foto: avtopulsar.ru

Rossiya ichki ishlar vazirligiga xususiy avtomobillar oynalarini qoraytirish(tonirovka)ni aksilterror xavfsizlik darajasini oshirish maqsadida to‘liq taqiqlash yuzasidan taklif kelib tushdi.

Bunday tashabbus deputat Vladimir Petrov tomonidan bildirilgan, deb xabar berdi “RIA Novosti” axborot agentligi.

Uning aytishicha, terrorchilik xurujidan aziyat chekkan qator davlatlarda avtomobillarga nisbatan qo‘shimcha qoidalar va cheklovlar, jumladan, oynalarni qoraytirishga taqiq joriy etilgan. 
Bunday tajriba Shimoliy Kavkazning qator mintaqalari hamda Yevropa davlatlarida qo‘llaniladi.

Siyosatchi, shuningdek, terrorchilar bir necha bor avtomobillardan o‘lim quroli sifatida foydalanganini qayd etib, xavfsizlik bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilish lozimligini bildirgan.

U shu munosabat bilan yo‘l harakati qoidalari va texnik reglamentga tonirovkadan foydalanishni maxsus xizmat yoki politsiya avtomobillarini istisno etgan holda to‘liq taqiqlash bo‘yicha o‘zgartirish kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqishni so‘ragan.

“Xalq so‘zi online” — xs.uzning mobil ilovasini YUKLAB oling!


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?