Denovda juda koʻp miqdordagi alkogol mahsulotlarini talon-toroj qilish holati fosh etildi

11:51 14 Fevral 2020 Jamiyat
495 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Denov tuman boʻlimi tomonidan “Denov Sharob Savdo” MCHJning murojaatiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, MCHJning 1 va 5-sonli doʻkonlari mudirlari M.O., D.N va boshqalar jami 2 mlrd. soʻmlik tovar moddiy boyliklar hamda alkogolli ichimliklarni talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.O., D.N. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?