Denovda yangi oʻquv yilida oʻquvchilar uchun eshigini ochgan 9 ta maktab yana yopilishi maʼlum boʻldi

15:40 17 Sentyabr 2020 Jamiyat
274 0

Surxondaryo viloyati Denov tumanida koronavirus pandemiyasi bilan gumon qilinayotgan fuqarolar soni oshgan. Shu bois ushbu tumani hokimi tomonidan mahallalar 4 ta sektor kesimida qizil, sariq va yashil toifalarga oʻtkazildi. Qizil hududga oʻtgan mahallalardagi jamoa toʻplanadigan maskanlarning vaqtincha faoliyati toʻxtatildi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar qildi.

Jumladan, bosqichma-bosqich anʼanaviy tarzda oʻz faoliyatini boshlagan 9 ta umumiy oʻrta taʼlim maktab pandemiya sharoiti barqarorlashguniga qadar oʻz faoliyati toʻxtatdi.

“Ushbu maktablar faoliyatini anʼanaviy tarzda boshlagunga qadar oʻquvchilar onlayn tarzda, yaʼni “Onlayn-maktab” loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali dars mashgʻulotlarini amalga oshiradi” deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?