Denovda nima boʻlgandi?

16:03 12 Oktyabr 2019 Jamiyat
205 0

Surxondaryo viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi joriy yilning 9-oktyabr kuni “Maddoh” telegramm kanalida “2-3 kun ichida, Denovdan bir nechta bir-biridan xunuk xabarlar keldi” mavzusida yoritilgan maqola yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasini Prezidentining 2019-yil 4-sentyabrdagi “Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini takkomilashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi mazmun-mohiyatini mahalla aholisi va yoshlar oʻrtasida keng tushuntirish maqsadida targʻibot guruhlari tuzilgan boʻlib, ularni tarkibida mahalla oqsoqollari, imom xatiblari profilaktika inspektorlari maktab psixologlari kiritilgan.

Maktablarda oʻquvchilarning odob-axloq qoidalari, kiyinish madaniyati boʻyicha tartiblar belgilanganligi, ushbu tartib qoidalarga amal qilish hamda taʼlim muassasalari oʻrtasida doimiy hamkorlikda ish olib borish, aholi va yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilgan.

Viloyatimizning barcha hududlarida tuzilgan targʻibot guruhlari ish rejasi asosida mahalla hududlarida yuqoridagi masala yuzasidan targʻibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Joriy yilning 7-oktyabr kuni “Sina-1” mahalla aholisiga 60-umumiy oʻrta taʼlim maktabida, 8-oktyabr kuni “Sumbula” mahalla aholisiga 65-umumiy oʻrta taʼlim maktabida yigʻilishlar oʻtkazilib, mahalla aholisi va maktab oʻquvchi hamda oʻqituvchilari oʻrtasida tushuntirish ishlari olib borilgan.

Zero,taʼlim muassasalarida birinchi navbatda tarbiya masalalariga eʼtibor qaratish muhim ahamiyatga ega ekanligini, yoshlarning tarbiyasiga esa bevosita keng jamoatchilik organlari hamda barchaning masʼulligini taʼkidlab oʻtamiz.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?