Denis Istomin Osiyo oʻyinlari chempioni!

12:45 25 Avgust 2018 Sport
564 0
Foto: MOQ

Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida davom etayotgan Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston terma jamoasi delegatsiyasi hisobiga navbatdagi oltin medal qoʻshildi.

Tennis musobaqalarining yakkalik bahslarida ishtirok etgan turnirning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin finalda xitoylik Vu Yibingga qarshi kortga chiqib, uch setda 2:6, 6:2, 7:6 (tay-breykda 7:2) hisobida gʻalaba qozondi va Osiyo oʻyinlarining oltin medaliga ega chiqdi.

Ushbu medal Oʻzbekiston sport delegatsiyasining 5 oltin medali boʻldi. Endilikda terma jamoa qoʻlga kiritgan umumiy medallar soni 22taga yetgan. Oʻzbekiston vakillari shu kungacha 5ta oltin, 10ta kumush va 7ta bronza medallarini qoʻlga kiritgan holda umumjamoa hisobida 10-oʻrinda bormoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?