Denis Istomin koronavirus yuqtirib oldi

08:45 21 Sentyabr 2020 Sport
535 0

Tennis boʻyicha Fransiya ochiq chempionatida ishtirok etishi kerak boʻlgan tennischilar topshirgan test natijalari orasidan ikki nafarida koronavirus aniqlandi, deya yozmoqda jurnalist Denni Mishe.

Кoronavirus yuqtirib olgan ikki sportchidan biri oʻzbekistonlik Denis Istomindir. Tennis boʻyicha Oʻzbekiston milliy jamoasi aʼzosi ayni paytda alohida nazoratga olingan va Rolan Garros turnirida ishtirok eta olmaydi.

Maʼlumot uchun, katta shlem tasnifidagi Rolan Garros turniri 21-sentyabr – 11-oktyabr kunlari Fransiyada oʻtkaziladi. Musobaqaning amaldagi gʻolibi ispaniyalik Rafael Nadal va avstraliyalik tennischi ayol Eshli Barti hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?