Denis Istomin Avstriyadagi turnir yarim finaliga chiqdi

15:16 03 Avgust 2018 Sport
329 0
Foto: ATP

Avstriyaning Kisbyuel shahrida bo‘lib o‘tayotgan, sovrin jamg‘armasi 540 310 yevroni tashkil qiluvchi Austrian Open musobaqasida o‘zbekistonlik tennischi Denis Istomin yarim finalga yo‘llanma oldi.

Chorak finalda o‘zbekistonlik sportchi germaniyalik ATP reytingida 47-o‘rinda borayotgan Maksimilian Martererga qarshi kortga chiqib, ikki setda bir hil – 6:3, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Endi Denis Istomin yarim finalda chililik Nikolas Xarriga qarshi kortga chiqadi. Uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?