Denis Istomin Avstriyadagi xalqaro turnirda sovrindor bo‘ldi

12:51 06 Avgust 2018 Sport
251 0
Foto: uz24.uz

O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin Avstriyaning Kisbyuel shahrida o‘tkazilgan Austrian Open turnirining finalida ishtirok etdi.

Istomin finalda serbiyalik raqibi Martin Klijanga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bahs ikki set davom etdi va unda serbiyalik tennischi bir xil 6:2, 6:2 hisoblarida g‘alaba qozondi.

Istomin musobaqaning finalchisi sifatida 47 105 yevro mukofot puliga va 150 reyting ochkosiga ega bo‘ldi. Natijada ATPning hafta boshida yangilangan reytingida 20 pog‘ona ko‘tarilib, 75-o‘ringa joylashib oldi. Uning hisobida 759 ochko mavjud.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?