Denis Istomin AQSHdagi turnirda bosh sovrinni qoʻlga kiritdi

10:14 10 Sentyabr 2018 Sport
311 0
Foto: Getty Images

Oʻzbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin AQSHning Chikago shahrida oʻtkazilgan chellenjer toifasiga kiruvchi musobaqada gʻalaba qozondi.

Istomin turnir yarim finalida amerikalik tennischi Born Fratenjeloni 6:1, 6:2 hisoblari bilan magʻlub etgan boʻlsa, finalda yana bir mezbon tennischi Reylli Opelkan ustidan ikki setda 6:4, 6:2 hisoblarida ustun kelib, musobaqaning bosh sovrinini qoʻlga kiritdi.

Sovrin jamgʻarmasi 150.000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqadagi gʻalabasidan soʻng, Istomin 125 reyting ochkosiga ega boʻldi va 21.600 dollar miqdoridagi mukofot puli sohibiga aylandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?