“Dengiz chekinsa ham inson chekinmaydi” — Navoiydagi NNT vakillari Moʻynoqqa bordi

12:08 11 Mart 2020 Jamiyat
163 0

Muynoq tumanida olib borilayotgan ishlarga Navoiy viloyati jamoatchiligi nomidan faol munosabat bildirish, ushbu muhim jarayonga fuqarolik jamiyati instituti vakillari eʼtiborini qaratish va oʻzlarining hissalari qoʻshish maqsadida Navoiy viloyat hokimligi va Navoiy viloyat adliya boshqarmasining tashabbusi bilan ekotur tashkil etildi.

“Dengiz chekinsa ham inson chekinmaydi” shiori ostida tashkil etilgan mazkur ekotur ishtirokchilari dastavval Moʻynoqdagi zamonaviy “IT Park” va kutubxona bilan tanishdilar.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilari 1980-yilda tashkil etilgan va

2019-yilda toʻliq qayta rekonstruksiya qilingan Moʻynoq ekologiya muzeyiga tashrif buyurishdi, muzeydagi Orol dengizi va hudud aholisining madaniy hayotidan soʻzlaydigan eksponantlar bilan tanishib, muzey maʼmuriyatiga navoiylik rassomlarning Orolbuyiga bagʻishlangan ijod namunalarini sovgʻa qilishdi.

Ekotur Moʻynoqdagi “Navoiy tashabbus bogʻi”da davom etdi. Ishtirokchilar ezgu niyat bilan viloyatdan olib borilgan, iqlimga mos 100 dan ortiq daraxt koʻchatlarini oʻtqazishdi.

Shundan soʻng, Moʻynoq bolalar va sanʼat maktabida navoiylik madaniyat xodimlari – xushovoz xonandalar tomonidan hudud aholisi va yoshlari uchun tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.

Ekoturning keyingi manzili “Kemalar qabristoni” boʻldi. Bu yerda ham ekotur ishtirokchilari tomonidan 2000 dan ortiq saksovul koʻchatlari ekildi va hududdagi bioxilma-xillikni taʼminlashga hissa qoʻshish maqsadida 10 juft kaklik tabiat qoʻyniga uchirib yuborildi.
 

Temur ESHBOYEV,

(“Xalq soʻzi”).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?