Dehqonobodda 48 nafar harbiy xizmatchiga yangi uylarning kalitlari topshirildi

18:52 11 Yanvar 2020 Jamiyat
581 0

“Xalq soʻzi ONLINE”. Ahad Muhammadiyev/Qashqadaryo. 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Dehqonobod tumanida Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qismda harbiy shaharcha va harbiy xizmatchilar uchun 48 xonadonli yangi uy foydalanishga topshirildi.

Tuman hokimligi matbuot xizmati xabariga koʻra, shu munosabat bilan boʻlib oʻtgan tadbirda ishtirok etgan DXX Qashqadaryo viloyat boshqarmasi, Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugi vakillari, viloyat va tuman hokimligi masʼullari yigʻilganlarni bayram bilan muborakbod etib, harbiy xizmatchilarga yangi xonadon kalitlari topshirildi.

Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, ushbu harbiy qismda askarlarning muntazam sport bilan shugʻullanishlari uchun zamonaviy sport zal, 23 oʻrinli xizmat yotoqxonasi, harbiy texnikalar uchun avtosaroy, kutubxona, futbol maydoni, tennis korti va zamonaviy oshxona barpo etilgan boʻlib, harbiy xizmatchilarning doimiy jangovor holatini taʼminlash uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Tadbirda shaharcha harbiylar kutubxonasiga Dehqonobod tumani hokimi Zoir Aliqulov 500 dona kitob sovgʻa qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?