Dehqon xoʻjaliklariga yer uchastkasini ijara asosida berish tizimi joriy etiladi

15:29 27 Avgust 2020 Hujjatlar
383 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2020-yil 26-avgust kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi majlisida qizgʻin tortishuvlarga sabab boʻlgan “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi muhokamasida ana shu jihatlarga eʼtibor qaratildi.

Deputatlar bu borada olib borilgan oʻrganishlar natijalariga ham toʻxtalib oʻtishdi. Oʻrganishlarga koʻra, dehqon xoʻjaliklari faoliyati yetarli darajada tartibga solinmagan, ularning soni va ajratilgan yerlarning hisobini yuritish hamon yoʻlga koʻyilmagan hamda dehqon xoʻjaliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar turlicha yuritilmoqda. Yana bir jihat ham borki, u ham boʻlsa, aholi sonining oshib borayotganligi hisobiga bir kishiga toʻgʻri keladigan yer ulushig tobora kamayib borayotganligidir.

Qonun loyihasida shu kabi muammoli masalalarga jiddiy yondashilgan. Uning asosiy maqsadi — dehqon xoʻjaligini tashkil etish, faoliyatining huquqiy asoslarini belgilash, shuningdek, dehqon xoʻjaliklarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.

Xoʻsh, ushbu hujjatda yana qanday muhim meʼyorlar aks etgan?

Parlament aʼzolarining qayd etishicha, loyihada dehqon xoʻjaliklariga toʻgʻridan-toʻgʻri yer uchastkasini meros kilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi bilan berish amaliyoti oʻrniga bundan keyin yer uchastkasini ijara asosida berish tizimini joriy etish nazarda tutilmoqda. Bogʻdorchilik va uzumchilikka ijara muddatini — 50 yil, sabzavotchilik va polizchilikka — 30 yil qilib belgilash, dehqon xoʻjaligiga bundan keyin ijaraga beriladigan yerning minimal maydonini belgilagan xolda maksimal maydonini kupaytirish (0,06 gektardan 1 gektargacha), dehqon xoʻjaligining daromadlari soliq solinadigan baza hisoblanmasligi kabilar ham loyihada belgilanmoqda.

Qonun loyihasi qabul qilinsa, xalq vakillarining fikricha, bu bilan yer uchastkastkalari noqonuniy yoki turli bahonalar bilan olib qoʻyilishining oldi olinib, yerga boʻlgan huquq kafolatlari yana-da kuchaytiriladi. Shuningdek, fermerlarning asosiy ekindan boʻshagan yer maydonlarida bir yoki bir nechta mavsumda ijara asosida dehqon xoʻjaligi bilan shugʻullanishga ruxsat berilishi vaqtincha boʻsh turgan yerlardan samarali foydalanishga xizmat qiladi.

Qizgʻin muhokamalardan soʻng, qonun loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?