Dehlida xalqaro munosabatlar sohasida jurnalistlar malakasini oshirish taklif etildi

14:26 25 Aprel 2019 Jamiyat
380 0

Foto: "Xalq so'zi"

Said Rahmonov, “Xalq soʻzi online” uchun Dehlidan maxsus. Markaziy Osiyo jurnalistlari uchun tashkil etilgan tanishtiruv tashrifi ishtirokchilari Hindiston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Diplomatik xizmat instituti (FSI)da ham boʻldilar.

Mazkur institut diplomatlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ixtisoslashtirilgan. Bu yerda mashgʻulotlar olib borish uchun xorijlik mutaxassislar ham keng jalb etilayotgani qiziqishni oshirmoqda. Natijada 1990 yildan buyon chet davlatlar diplomatlari malakasini oshirish ham yoʻlga qoʻyildi.

- Saksondan ortiq davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatganmiz, - dedi mazkur institut dekani S. Mukul. - Xususan, Oʻzbekiston bilan 2003 yilda hamkorlik boʻyicha memorandum imzolaganmiz. Yaqin kunlarda bir qator xorijiy davlatlardan diplomatlar uchun malaka oshirish kurslari ochiladi. Ular orasida Markaziy Osiyo mamlakatlari diplomatlari ham boʻladi. Oʻylaymanki, bu Hindiston va mintaqa davlatlari oʻrtasidagi aloqalar rivojida muhim ahamiyat kasb etadi.

Jurnalistlar institut faoliyati, bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Oʻzaro muloqot chogʻida xalqaro munosabatlar sohasida faoliyat yuritayotgan jurnalistlar malakasini oshirish taklif etildi. Bu taklifni institut rahbariyati iliq kutib olishdi va albatta, koʻrib chiqilishini aytishdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?