Davomat koʻrsatkichi 100 foizga yetdi

17:42 07 Fevral 2019 Jamiyat
240 0

“Xalq soʻzi online”. Saminjon Husanov/Andijon. Paxtaobod tumanidagi 4-umumtaʼlim maktabida dars sifatini yaxshilash, oʻqituvchilar faoliyatini shakllantirish, oʻquvchilarning mashgʻulotlarga boʻlgan qiziqishlarini oshirish va davomat masalasidagi muammolarni bartaraf etish borasida innovatsion gʻoyalarga asos solindi.

Mavjud 42 ta sinf xonasiga va maktabning boshqa hududlariga jami 65 ta ovozli kameralar oʻrnatildi. Bu esa oʻqituvchilarning mashgʻulotni olib borish, oʻquvchilarga mavzuni tushuntirish, dars jarayonida multimedia usullaridan oʻrinli foydalanishlarini nazorat qilish imkonini yaratdi. Shu bilan birga maktab internet tarmogʻiga ulangan boʻlib, bundan ayniqsa, ota-onalar xursand.

“Oʻgʻlim shu maktabning 8-sinfida oʻqiydi. Yaratilgan yangi imkoniyat juda qulay ekan. Endi qoʻlimdagi telefon orqali istagan paytimda, xohlagan joyimda farzandimning darsdagi ishtirokini bemalol kuzatib borishim mumkin”,-deydi Tojibarxon Xalilova.

Kamera ishga tushguniga qadar oʻquvchilar davomati 65-70 foizni tashkil etayotgan edi. Yangi usulning joriy etilishi tufayli bu koʻrsatkich 100 foizga yetdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?