Davolanish uchun Germaniyaga borishadi

11:38 10 Aprel 2018 Jamiyat
509 0


Andijon shahridagi viloyat ko’p tarmoqli bolalar tibbiyot markazida “Sog’lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tashabbusi bilan bemor bolalar o’rtasida chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rik tadbirlari bo’lib o’tdi.

O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi, “Sog’lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi hamda Germaniyaning “Friedensdorf International” xalqaro tashkiloti o’rtasida tuzilgan hamkorlik kelishuviga asosan uyushtirilgan ushbu xayriya tadbirida tana tayanch harakat tizimi, urologik xastaliklar bilan og’rigan, terida kuyishdan qolgan asoratlari bo’lgan 3 — 12 yoshdagi 61 nafar bola tibbiy ko’rikdan o’tkazildi. Chet el va mamlakatimizning etakchi mutaxassislari tomonidan o’tkazilgan tibbiy tekshiruv jarayonida 3 nafar bolaning Germaniyaga borib davolanishi uchun xulosa berildi.

Ta’kidlash kerakki, bugungi kungacha andijonlik 21 nafar bemor bola ushbu mamlakatda davolanib keldi. Tibbiy ko’rik jarayonida xorijlik shifokorlar ishtirokida ochiq muloqot, davra suhbati tashkil etildi va bemor bolalarga bepul dori-darmonlar tarqatildi.

Sarvar ISHOQOV.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?